Boshlovchilar
Dasturlashni bilmaysiz, lekin o‘z loyihangiz yoki platformangizni qurmoqchisiz.
Claude, Gemini va ChatGPT agentlari bilan sayt, platforma va MVP yarating — g‘oyadan tayyor mahsulotgacha. Dasturlash tajribasi shart emas.
Dasturlashni bilmaysiz, lekin o‘z loyihangiz yoki platformangizni qurmoqchisiz.
G‘oyangizni dasturchi yollamasdan MVP bosqichigacha olib chiqmoqchisiz.
Onlayn biznes ochmoqchi yoki kundalik jarayonlarni avtomatlashtirmoqchisiz.
AI agentlar bilan ishlashni tizimli o‘rganib, loyihalarni tezroq yetkazmoqchisiz.
35 ta videodars, jami 12+ soat. Modullar ketma-ket: har biri oldingisining ustiga quriladi.
Bu modulda kursdan qanday natijalar kutish mumkinligi, Vibe Coding, LLM va AI agent tushunchalari ko‘rib chiqiladi. Google AI Pro obunasi va Antigravity sozlamalari bilan tanishasiz, so‘ng birinchi amaliy loyiha — Personal Link Hub ishlab chiqiladi.
Bu modulda Git va Github bilan ishlash, loyihani agent orqali Github va Vercel’ga deploy qilish hamda saytga custom domain ulash o‘rganiladi. Ishlab chiqishda uchraydigan muammolar ikki darsda tahlil qilinadi, amaliyotda esa biznes moliyaviy holatini audit qiluvchi platforma quriladi.
Bu modulda katta loyihada asosiy (main) versiyani buzmasdan ishlash, sayt dizayni (frontend) bilan ishlash va texnik topshiriq tuzish o‘rganiladi. Amaliyotda MVP startup loyiha uchun texnik topshiriq tayyorlanadi.
Bu modulda Docker, Codex va Cursor bilan MLP ishlab chiqish, Github’dagi tayyor loyihalar va AI agentlardan foydalanish ko‘rib chiqiladi. Amaliyotda mustaqil loyiha ishlab chiqilib, Render.com’ga deploy qilinadi.
Bu modulda shaxsiy moliya platformasi quriladi va serverga deploy qilinadi. Server o‘chib qolmasligi uchun UpTimeRobot o‘rnatiladi, Google OAuth va ro‘yxatdan o‘tishdagi xatoliklar tuzatiladi. Amaliyotda Telegram bot (To Do App) tayyorlanadi.
Bu modulda Antigravity bilan texnik topshiriq asosida ishlash tartibi, kuchli open source MLP loyihalar va Agent Skills’dan foydalanish o‘rganiladi. Amaliyotda Telegram onlayn do‘kon Mini App’i quriladi.
Bu modulda n8n Hetzner VPS’ga o‘rnatiladi, bepul AI chat bot yasaladi, mustaqil AI agentlar qurish va ularga AI ulash ko‘rib chiqiladi. Amaliyotda n8n orqali AI agent quriladi.
Bu modulda Vibe Design yondashuvi, Google Stitch va MCP serverlar bilan ishlash hamda Claude Cowork o‘rganiladi. Amaliyotda prompt, Google Stitch, dasturlash va deploy birlashtirilib, tayyor loyiha chiqariladi.
Bu modulda Anthropic tajribasi asosida prompt injiniring, Claude Desktop’ning to‘liq imkoniyatlari, Security Review va Superpowers plugin o‘rganiladi.
macOS, Windows yoki Linux. Telefon yoki planshet emas.
Videodarslar va AI vositalari uchun doimiy ulanish.
Fayl, papka va brauzer bilan ishlay olsangiz bas.
Kod yozishni bilish shart emas — noldan o‘rgatamiz.
Oltita ko‘nikma: g‘oyani aniq topshiriqqa aylantirishdan mahsulotni internetga chiqarishgacha.
Claude, Gemini, ChatGPT: aniq topshiriq berish va natijani tekshirish.
Frontend, backend, GitHub, domen va server: loyihani internetga chiqarish.
Shablonlar, dizayn importi, SEO, Lighthouse va Framer Marketplace.
n8n va Claude bilan o‘z AI agentlaringizni qurish, MVP yaratish va jarayonlarni avtomatlashtirish.
Saytlar, platformalar va MVP’larni real keyslar ustida ishlab chiqish.
Texnik topshiriq yozish, narxlash, muzokara va shartnoma, loyihani mijozga to‘g‘ri topshirish.
A1 dan C2 gacha mock imtihon: Writing va Speaking javoblarini AI baholaydi, natija CEFR bali va PDF sertifikat bilan chiqadi.
Video yuklanadi — AI o‘zbekcha nutqni taniydi va so‘zma-so‘z animatsiyali subtitrni o‘zi yopishtirib beradi.
Bemor Telegram bot orqali navbat oladi, stomatolog o‘z panelidan keyingisini chaqiradi, qabulxona butun navbatni bir joyda ko‘radi.
Farg‘onadagi sanoat korxonasi uchun uch tilli sayt: uskunalar katalogi, tayyor yechimlar, blog va so‘rov formasi.
Har bir bog‘ning o‘z sahifasi: 360° virtual tur, joylashuv, rasmlar va uch tilli interfeys.
Maktab uchun ko‘p bo‘limli sayt: yangiliklar, qabul, natijalar, statistika, videolar va Maktab FM radiosi.
Biznes ko‘rsatkichlari etalon bilan solishtiriladi: taxmin o‘rniga raqam, indeks va namunaviy hisobot.
Moderator so‘rovnomani tekshirib, kerakli odamlarga ochadi; respondent Google orqali kirib, so‘rovnomalarni topadi.
Kalit so‘z beriladi — AI rasm va SEO bilan maqolani yozib, WordPress, Ghost yoki Webflow saytiga o‘zi nashr qiladi.
Matn kiritiladi — daftar yoki A4 sahifa haqiqiy qo‘l yozuvidek chiqadi; qog‘oz, siyoh va yozuv uslubi tanlanib, tayyor PDF bepul yuklanadi.
Sertifikatga onlayn tayyorlov: har kuni 6 bo‘lim, mashqlarni sun’iy intellekt tekshiradi.
Typing musobaqalari: reyting, ligalar, kundalik topshiriqlar, do‘stlar bilan jang va do‘kon.
Biznes uchun bot va avtomatlashtirish yechimlari: xizmatlar, portfolio, narxlar va aloqa bir saytda.
Va yana yuzlab o‘quvchi loyihalari.
“Ustozni narxni barcha uchun yaxshi qo‘yganlar, bu narxda buncha narsani o‘rgatib kamida 3–4 mln olishyapti. Men o‘rgangan narsalarimdan judayam xursandman. Ustoz shunchaki dars bermadilar, balki qanday qilib o‘zimiz o‘rganib ketishni ham o‘rgatdilar.”
“Kurs ancha foydali bo‘ldi. Hali to‘liq tugatmagan bo‘lsam ham, mustaqil loyiha ko‘tardim, o‘rgangan narsalarim ham ko‘p bo‘ldi, rahmat.”
“Rahmat ustoz, kattakon. Anchadan buyon ancha chalkashayotgan narsalarimni tushundim.”
“Ramazon boshida kursni sotib olgan edim. Bir oy kursni o‘qidim, hozir 6-kunga kelganman. Lekin tugatmasam ham, shu 6 kun ichidagi bilimlarni o‘zlashtirib, 2 ta project oldim…”
Senior Developer, Insan Agency
11 yillik amaliy tajribaga ega dasturiy injener. UX/UI Design, Project Management va full‑stack dasturlash bo‘yicha mutaxassis. Insan Agency asoschisi sifatida o‘nlab raqamli mahsulotlarni ishlab chiqargan. Vibe Coding kursida nazariy emas — real loyihalar asosida o‘rgatgan.
Audio yuklanmadi
Claude, Gemini va ChatGPT bilan noldan sayt, platforma va MVP qurishni o‘rganing.
Mijozga saytni tayyor holda topshirish uchun kerak bo‘lgan hamma narsa: Framer, SEO, AI, sotuv va Framer Marketplace.
Bepul
Kurs bilan sovg‘a
Yo‘q. Kurs noldan boshlovchilar uchun ham, tajribali dasturchilar uchun ham mos. Kompyuterda bemalol ishlay olsangiz yetarli.
«Kursni sotib oling» tugmasini bosing, telefon raqamingiz va Telegram username’ingizni yozing. Keyingi qadamda 250 000 so‘mni QR kod (Paynet, Payme, Click yoki istalgan bank ilovasi) yoki kartaga o‘tkazma orqali to‘laysiz va chekni yuklaysiz. So‘ng chek suratini Telegram’da @insanakademiya’ga yuborasiz — admin tekshirib, kursni ochib beradi.
To‘lovingiz tasdiqlangach — odatda 1 soat ichida — kursni idemy.uz’da ochib beramiz va kirish ma’lumotlarini yuboramiz. Kechqurun yoki tunda qilingan to‘lovlar ertalab tasdiqlanadi.
5 oyga. Shu muddat ichida darslarni istalgan vaqtda va istalgancha qayta ko‘rishingiz mumkin. Muddat tugagach darslar yopiladi, olgan sertifikatingiz esa o‘z kuchida qoladi.
Har kuni 1 soat ajratsangiz, taxminan 18 kunda tugatasiz. O‘z tezligingizda davom etishingiz ham mumkin.
Kursning asosiy qismini bepul tariflar bilan o‘tish mumkin — bepul imkoniyatlarni darslarda ko‘rsatamiz. Ayrim vositalar (masalan, Claude’ning pullik tarifi), domen va server uchun alohida to‘lov kerak bo‘lishi mumkin — bu haqda oldindan aytib boramiz.
Ha. Kursni 80% va undan ko‘p tugatib, yakuniy vazifani topshirganlarga PDF sertifikat beriladi.